Eldor Shomurodov Jahon chempionatidan nimalar kutmoqda?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov 2026 yildgi Jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, bu yosh futbolchilarimiz uchun o‘zini ko‘rsatish imkoniyat. Ikkinchidan, biz Jahon chempionatiga shunchaki qatnashish uchun emas, balki natija ko‘rsatish uchun boramiz. Bizda ham futbol bor, jamoada yuqori darajali o‘yinchilar yetarli va yaxshi natija qayd etishimiz mumkin", — dedi Shomurodov.
Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" mundialda “K” guruhidan joy olgan bo‘lib, Kolumbiya, Portugaliya va Kongo terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar