
Eldor Shomurodov qachon debyut qiladi?
"Roma" dan Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubiga ko‘chib o‘tgan terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov debyut o‘yinini qachon o‘tkazadi?
Yangi mavsumni turk klubida boshlaydigan Shomurodov ilk o‘yinini 24 iyul sanasida Konferensiyalar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Bolgariyaning "Cherno More" klubiga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda. Istanbulliklar yakuniga etgan mavsumda Turkiya Superligasida 5 o‘rinni egallagab, xalqaro maydon yo‘llanmasiga ega chiqqan edi. Xamyurtimiz o‘zining so‘ngi o‘yinini terma jamoa safida Qatarga qarshi o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan edi.
Malumot uchun, forvard "Roma"dan Turkiya klubiga 3 million evro evaziga sotib olish sharti bilan ijaraga berilgan.
Fikrlar