Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Eldor Shomurodovning narxi o‘zgardi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

A Seriya futbolchilarining narxlarini yangiladi.

"Transfermarkt" portali bugun Italiya A Seriyasi futbolchilarining narxlarini yangiladi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovning narxi 4 million evroni tashkil qilmoqda. Legionerimizning qiymati bir million evroga pastladi. 

Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum A Seriyada 7 uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q