Elena Ostapenko Dubayga boradi
Latviyalik tennischi Elena Ostapenko Dubaydagi turnirda ishtirok etadi.
19-24 fevral kunlari BAAning Dubay shahrida “Dubai Duty Free Tennis Championships – 2018” turniri o‘tkaziladi. Mazkur musobaqa tashkilotchilari Elenaga turnirning asosiy to‘rida ishtirok etish huquqini beruvchi “wild card” taqdim etdi.
Shuningdek, tashkilotchilar britaniyalik Yoxanna Konta, amerikalik Katrin Bellis va yaponiyalik Naomi Osakaga ana shunday yo‘llanmani berdi.


Izohlar (0)