Elit OCHL. "Al-Ahli" ilk finalchiga aylandi
Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi Osiyo Chempionlar ligasi finaliga chiqqan ilk jamoaga aylandi. Yarim finalda ular Yaponiya ning "Vissel Kobe" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Avvaliga 31-daqiqada Yesinori Muto mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 62-daqiqada Galeno hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada esa Ayvan Toni "Al-Ahli"ga g‘alaba keltirgan golni kiritdi.
Ikkinchi finalchi "Matida Zelviya" (Yaponiya) va "Shabab Al-Ahli" (BAA) o‘rtasidagi bahsda aniqlandi.
Ma’lumot uchun, saudiyaliklar ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
- Osiyo - AFC Champions League Elite
- Yarim finallar
Vissel Kobe
- Yoshinori Muto 31'
Tugadi
1
:
2
20.04.2026 21:15
Al Ahli
- Ivan Toney 70'
- Galeno 62'
Fikrlar