Elnur Abduraimovning sparring janglardagi raqibi kim?

  • 15 sentabr, 2020, 18:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Elnur Abduraimov AQShga jo‘nab ketgan va u erda mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Chunki, u professional yo‘nalishda ham navbatdagi jangini o‘tkazish arafasida. “Mir boksa” mijozi hisoblangan yurtdoshimiz boshqa vakillarimiz Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziev, Isroil Madrimovlar bilan birga aka-uka Diaslar qo‘l ostida hozirlik ko‘rmoqda.

Kuni kecha, Elnur sparring janglarda ishtirok etdi. Unga bu borada anchagina tajribali va nokautchi Esteban Villalobos raqiblik qildi. Ushbu bokschi faoliyati mobaynida 12 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan va bir bora mag‘lubiyat qayd etgan. Raqiblarini 9 bora muddatidan avval taslim etgan.

Hamyurtimiz esa, professional boksda 5 marotaba jang o‘tkazib, barchasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan.

elish

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!