Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Endi darvozabonlar navbatma‑navbat maydonga tushadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mutlaq birinchi raqam yo‘q

«Bavariya» kelasi mavsumda Manuel Noyerni jamoaning mutlaq «birinchi raqamli» darvozaboni sifatida ko‘rmaydi.

Kapitаn kelasi yozda professional faoliyatini yakunlashni rejalashtirayotgani sabab, myunxenliklar unga munosib vorisni oldindan tayyorlab qo‘ymoqchi. Klub rahbariyati Jonas Urbigni kelajakda asosiy darvozabon sifatida ko‘ryapti. 

Bayern & Germany nashri nemis jurnalistlariga tayanib xabar berishicha, yaqinida boshlanadigan mavsumda 22 yoshli darvozabon faqat Noyerning zaxirasida o‘tirib qolmaydi – uni muhim o‘yinlarda ham maydonga tushirish rejalashtirilgan. Bu orqali yosh posbon katta bosim va mas’uliyatga asta-sekin ko‘nikishi kerak.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 40 yoshli Noyer bu rejaga qarshi emas. Aksincha, u Urbigni qo‘llab-quvvatlab, tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Jonas Urbig 2025 yil boshida «Köln» klubidan «Bavariya» safiga qo‘shilgan. Manuel Noyer esa 2011 yildan beri myunxenliklar darvozasini qo‘riqlab kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q