Endi “Real”dan ketmayman
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga yaqinlashib kelayotgan yozda jamoasini tark etish rejasidan qaytdi.
Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Futbolchi yozda boshqa hech bir klub bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara olib borishni istamayapti, aksincha, u yangi bosh murabbiy qo‘l ostida “Real”dagi holatini o‘zgartirishni xohlamoqda.
Ta’kidlanishicha, yarim himoyachi hamon “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi munosabatda.
O‘tgan mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda qatnashib, ikki gol va bitta assist qayd etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar