Endi ular kerak emas!

  • 21 iyun, 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim muvaffaqiyatsiz o‘tgan mavsumdan keyin jamoa tarkibini qayta shakllantirishga alohida urg‘u bermoqda.

Tecno

Klub rahbariyati murabbiylar shtabiga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan tezroq qutilmoqchi va ularning o‘rniga yangi ijrochilarni olib kelishni rejalashtirgan.

The Sun nashrining yozishicha, klub birinchi bo‘lib ketadigan to‘rt nafar yulduz nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, shu yoz ichi Markus Reshford, Antoni, Jeydon Sancho va Alexandro Garnacho o‘rnini beshatib berishi talab etiladi.

Bu o‘yinchilardan uch nafari mavsumni ijara asosida boshqa klublarda yakunladi va yana Manchesterga qaytib keldi.  

Agar bu to‘rt futbolchi tez orada o‘ziga yangi jamoa topmasa, “Manchester Yunayted” ularni AQShdagi turnega jalb qilmaydi. Bu o‘yinchilar klub bazasida individual mashg‘ulot o‘tkazib turishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!