Endrik endi Italiyada o‘ynaydi
Jiddiy klubdan taklif tushdi
«Roma» klubi «Real» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Endrikni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar yosh forvardning o‘yinlarini taxminan bir oydan beri diqqat bilan kuzatib kelmoqda. Gap futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi bilan ijaraga olish varianti haqida ketmoqda.
Endrik 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Lyon» jamoasida ijara asosida o‘tkazdi. U yerda u barcha musobaqalar doirasida 21 o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va sakkizta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra «Roma» Italiya A chempionati jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi.

Izohlar (0)