Endrik «Milan» taklifini rad etdi
«Real» tarkibida kam o‘ynayotgan 20 yoshli braziliyalik hujumchi Endrik qishda «Milan»ga o‘tish taklifini rad etdi
20 yoshli braziliyalik hujumchi Endrik kelasi yilning yanvar oyida «Milan»ga o‘tish bo‘yicha taklifni rad etdi. Bu haqida Bernabéu Digital nashri xabar berdi.
Endrik 2024 yilda «Palmeiras»dan «Real»ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda hujumchi Fransiyaning «Lyon» klubida ijara asosida to‘p tepdi. Joriy mavsumda ham futbolchi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. U Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Avvalroq OAVda Endrik qishki transferlar oynasida Italiya ning kuchli klublaridan biriga ijara ga berilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq braziliyalik futbolchi «Milan» taklifini rad etdi.
Bernabéu Digital nashri ta’kidlashicha, «Real» hozircha o‘z futbolchisining ketishi bo‘yicha hech qanday muzokara olib borishni rejalashtirmayapti.
Izohlar (0)