Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Endrik "Real"dan ketishga rozi bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'yin amaliyoti kerak

Madridning «Real» jamoasiga yozda qo‘shilgan braziliyalik yosh hujumchi Endrik qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Bundan avval Italiyanning «Milan» jamoasi yanvar oyida 20 yoshli futbolchini ijaraga olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yangi sonida yozilishicha, Endrik «Milan» safiga o‘tish variantiga rozilik bildirgan. Manbaga ko‘ra, agar «Real» uning ketishiga ruxsat bersa, Seriya A grandi hujumchi uchun asosiy va birinchi darajali variantga aylanadi.

Yangi mavsumda Endrik Ispaniya chempionati doirasida faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi va jami to‘rt daqiqa o‘ynadi. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q