Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Endrik «Real»dan ketishini ma'lum qildi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Real» hujumchisi Endrik asosiy tarkibga ishonch yo‘qligi sabab klubni yozda tark etish istagini bildirdi.

20 yoshli braziliyalik hujumchi Endrik yozgi transferlar oynasida «Real»ni tark etishi mumkin. Bu haqida Yagiz Sabundjuoglu xabar berdi.

Jurnalist ma'lumotiga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yosh forvardga doimiy asosiy tarkibda maydonga tushishini va'da qila olmagan. Shu bois Endrik klub rahbariyatiga jamoani tark etish istagini bildirgan.

Sabundjuoglu ning qayd etishicha, hozircha futbolchi boshqa klub bilan to‘liq shartnoma imzolashi yoki ijara asosida ketishi masalasi aniq emas. O‘tgan mavsumda Endrik Fransiyaning «Lyon» klubi safida ijara da o‘ynagan, 21 uchrashuvda sakkizta gol urgan va sakkizta golli uzatma amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q