Endrik "Real"dan qaerga o‘tishi oshkor bo‘ldi
Grand klubdan ish chiqdi
«Real» hujumchisi Endrik mavsum boshida deyarli maydonga tushmayotgani sabab norozi. Bir necha kun oldin Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham shu masalaga toʻxtalib, oʻyin amaliyoti yetishmasligi yosh futbolchi uchun jiddiy muammoga aylanayotganini aytgan edi.
Italiya nashri Corriere dello Sport xabariga koʻra, qishki transfer oynasidan «Milan» Endrikni oʻz safiga qoʻshib olishga jiddiy qiziqmoqda. «Rossoneri» yozdayoq braziliyalik forvardni olishga urinigan, ammo taklif tezda rad etilgan. Endi esa A Seriyaning yetakchi klublaridan biri yanvar oyida yana bir bor harakat qilishi kutilmoqda.
«Real» Endrikdan voz kechish niyatida emas, klub uni sotish rejasini koʻrib chiqayotgani yoʻq. Shu bilan birga, madridliklar oʻtgan yildagidek ijarа variantini muhokama qilishga tayyor ekani aytilmoqda.
Manbaga koʻra, 20 yoshli Endrik uchun faqat «Milan» emas, boshqa variantlar ham mavjud. Jumladan, uning xizmatlariga «Roma» klubi ham qiziqish bildirgan.

Izohlar (0)