Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Endrikka yangi jamoa topildi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

"Real"da biri bir joy yoʻq

«Real» hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Agar u Madrid klubida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, 20 yoshli braziliyalik uchun eng ehtimoliy yo‘nalishlardan biri sifatida «Roma» tilga olinmoqda.

Madrid Universal nashri italyalik jurnalist Jakopo Alibrandiga tayanib xabar berishicha, Endrik qishda Rim klubiga o‘tishi mumkinligi haqida allaqachon yaqinlari bilan gaplashgan. Shu bilan birga, hozircha «Real» va «Roma» o‘rtasida rasmiy kelishuv yoki aniq muzokaralar yo‘q.

Endrik yaqinda «Lyon» safidagi muvaffaqiyatli yarim yillik ijarasini yakunlab, Madriddga qaytdi. Frantsiya chempionatida u 15 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli pas muallifiga aylandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q