Eng muhim pallada Angliyada katta yo‘qotish
Angliya terma jamoasining oʻng qanot himoyachisi Ris Jeyms jahon chempionati doirasidagi milliy jamoaning navbatdagi kamida ikki uchrashuvini oʻtkazib yuborishi aniq boʻldi.
Bu haqida The Guardian nashri xabar bermoqda.
Hozircha futbolchi tizzaosti payi jarohatidan tiklanish bilan band. U avvalroq, 23 iyun kuni Ganaga qarshi oʻyindan soʻng mushaklardagi tortishishdan shikoyat qilgan, juma kuni esa jamoa bilan umumiy mashgʻulotda qatnashmagan edi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelning tasdiqlashicha, Jeyms jamoa bilan birga Nyu-Yorkka bormagan. Angliya shu shaharda Panama termasiga qarshi maydonga tushadi. Agar inglizlar pley-off bosqichiga yoʻl olsa, himoyachi 1/16 final bahsini ham oʻtkazib yuborishi aytilmoqja.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha oʻtkazilmoqda. Ikki tur yakunlariga koʻra, Angliya L guruhida toʻrt ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar