
Eng oliyjanob futbolchi
“Barselona”ning sobiq futbolchisi Andres Inesta professional futbolchilik faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qilgan edi.
Ispaniyalik yarim himoyachi futbolni eng namunali va tartibli o‘yinchi sifatida tark etdi. Andres 22 yil davom etgan faoliyati davomida professional darajada 1016 ta uchrashuvda ishtirok etgan va biror marotaba qizil kartochka olmagan.
40 yoshli Inesta 2002-2018 yillar davomida “Barselona”da to‘p tepgan. Keyin besh yil Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida o‘ynadi.
Ispaniyalik pleymeykerning so‘nggi jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining “Emireyts” klubi bo‘ldi.
Inesta Ispaniya terma jamoasi safida 131 ta uchrashuvda 13 ta gol urgan, jahon va ikki bor Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar