Eng zo‘r to‘purar o‘ziga yangi jamoa tanladi

  • 17 may, 08:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Keyingi yillarda Portugaliyaning “Sporting” jamoasi safida tinimsiz gol urayotgan Viktor Dyokeresh faoliyatini grand klubda davom ettirishga qaror qildi.

Tecno

A Bola nashrining ma’lum qilishicha, shved futbolchisi o‘ziga qiziqish bildirayotgan ko‘plab jamoalar orasidan “Arsenal”ni tanlagan.

“Kanonirlar” 26 yoshli to‘purar bilan yillik maoshi 8,6 million evro bo‘lgan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.

O‘z navbatida, “Sporting” o‘yinchi uchun 75 million evro miqdorida badal puli oladi.

Angliya futboli Dyokereshga begona emas. U 2023 yilning yozida “Sporting”ga o‘tgunga qadar “Koventri” hamda “Brayton”da ham o‘ynagan.

Viktor Dyokeresh joriy mavsumda barcha turnirlarda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 52 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 13 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!