Erkin agentlar ramziy jamoasi

  • 7 iyul, 2021, 15:42
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

SPORTS.uz sayti ayni damda ishsiz qolib ketgan eng taniqli futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoani e’tiboringizga havola etadi.

Darvozabon: Andrey Lunev (29 yosh)

Andrey Lunev

Rossiyalik posbon kelajakda super kiper bo‘lishi taxmin qilingan edi, biroq yakunda... U RPL darajasidan baland ko‘tarilishni uddalay olmadi. "Zenit", "Ufa" singari klublardan so‘ng, umuman ishsiz qolib ketdi. Hozir, 29 yoshli posbon o‘ziga yangi jamoa izlash bilan band.

Himoyachilar: Elsayd Xyusay (27 yosh)

Elsayd Xyusay

Gattuzoning yoqimtoyi "Napoli"da ajoyib mavsumlarni o‘tkazdi. O‘ng qanot himoyasida Italiyaning eng kuchli ijrochilaridan biriga aylandi, ammo Neapolda o‘zi istagan sovrinlarga ega chiqmadi. Natijada, Jennaro klubni tark etishi bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirishdan voz kechdi. Hozir uning xizmati bilan "Milan" va "Latsio" klublari jiddiy qiziqib qolgan.

Jerom Boateng (32 yosh)

Jerom Boateng

Evropa birinchiligi startidan avval, Lyov Myuller va Xummelsni termaga chaqirdi. Negadir, Jeromga joy topilmadi. Alaba klubni tark etgan bo‘lsa-da, Jeromni "Bavariya" ushlab qolishni istamadi. Myunxenliklar Jerom ularga endi foyda bermasligiga aniq ishonmoqda. Futbolchi jamoada yana bir yil qolish uchun kichikroq maoshga ham rozi ekanligini e’lon qildi. Hatto, zaxirada o‘tirishga rozi bo‘ldi, biroq "Bavariya" buni qat’iyan rad etdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, sobiq JCh g‘olibini "Roma" ilib ketmoqchi.

Serxio Ramos (35 yosh)

Serhio Ramos

Mish-mishlarga qaraganda, Joze Mourino Ramosni "Roma"da ko‘rish orzusida, biroq "el-kapitano" EChLda to‘p surmoqchi. Aslida, Serxio Madridda qolishi mumkin edi, ammo Peres bilan muzokaralar keskinlashib ketdi. Natijada, himoyachi ketishga majbur bo‘ldi. Qahramonimiz hozir Parijda. Uning PSJ bilan kelishuvga erishgani haqida turli xabarlar paydo bo‘lmoqda.

Patrik van Anxolt (30 yosh)

Patrik van Anholt

Deyarli butun faoliyati APLda o‘tgan himoyachi "Kristal Pelas" bilan 4,5 yillik shartnomasini yangilamadi. Niderlandiya termasi a’zosiga "tumanli albion"dagi bir nechta jamoalardan takliflar bor. Yaqin haftalar ichida ularning qay birini "poyga"da g‘olib chiqqani ma’lum bo‘ladi.

Yarim himoyachilar: Jon Lundstrem (27 yosh)

Jon Lundstrem

Angliyaning naqd 4 ligasida gol kiritgan Jon o‘tgan mavsumni "Sheffild" bilan omadsiz o‘tkazdi. Qishda Jerrard uni "Glazgo Reynjers"ga taklif qildi, ammo futbolchi APLda qolishni afzal ko‘rdi. Hozirda ishsiz. Chempionshipning bir nechta klubidan takliflar bor, lekin Lundstrem elita a’zolari safida to‘p surish niyatida.

Paulino (32 yosh)

Paulino

O‘z vaqtida 42 million evro evaziga Xitoyga ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi hozir ishsiz. Uning xizmatlariga Osiyo klublari qiziqayotgani rost, biroq sobiq "Barsa" a’zosi o‘z kuchini Evropada sinab ko‘rishni afzal ko‘rmoqda. Unga Kataloniya klubidan tashqari yana bir nechta ajoyib takliflar kelib tushgan.

Aleks Teyshera (31 yosh)

Aleks Teyshera

Braziliyalik futbolchi 2016-yilda Xitoyga ulkan pullar ortidan keladi. "Shaxtyor"ni 50 million evrolik qilgan braziliyalik 5 yil davomida Chin yurtida munosib harakat qildi. 73 gol va 43 assist. 153 o‘yin uchun shunchaki fantastik natija. Qahramonimiz mamlakat birinchiligini qo‘lga kiritgach, klubda moliyaviy muammolar paydo bo‘ldi. Oqibatda, jamoa qarzlari ko‘payib ketgani bois bankrot, deb e’lon qilindi. Hozir, Teyshera Rossiya va Turkiya klublari bilan muzokaralar olib bormoqda. Faoliyati davomida 200 dan ortiq gol kiritgan yarim himoyachi uchun da’vogarlar ko‘p emas.

Hujumchilar:Lionel Messi (34 yosh)

23ji234234

Ishonish qiyin, ammo 1 iyul kuni soat tonggi 3:00 da Leo erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi. O‘tgan yili uni kuch bilan jamoada olib qolishgan edi. Yangi prezident kelgach, kutilganidek hammasi o‘z iziga tushmadi. Messi "Kopa Amerika"da zafar quchish orzusida. U turnirdan so‘ng, faoliyati qanday davom etishini rasman e’lon qiladi.

Frank Riberi (38 yosh)

Frank Riberi

O‘z vaqtida "oltin to‘p" egasi bo‘lishi taxmin qilingan yigit hozir ishsiz. Shunga qaramay, Frank butsalarini mixga ilmoqchi emas. "Fiorentina" sobiq EChL g‘olibi uchun yangi shartnoma taklif qilmadi va u ayni damda erkin agent. Shunga qaramay, unga qiziqayotgan klublar etarlicha topiladi.

Santos Borre (25 yosh)

Santos Borre_1

Kolumbiyalik forvard "River Pleyt" safida deyarli 3 o‘yinda bir gol kiritishni uddalamoqda. 18 yoshida Evropaga tashrif buyurgan hujumchi Ispaniya klublarida "jon saqlash"ni uddalay olmagan edi. Oradan 8 yil o‘tgach, u ulg‘aydi. Jismonan va taktik ancha o‘sishga erishdi. Hozirda, u bilan Rossiyaning bir nechta jamoasi qiziqib qolgani haqida mish-mishlar yuribdi. Tez orada, RPLda yangi nomni uchratib qolishimiz hech gap emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!