Erling Xoland : "Hayotdagi eng hayajonli sayohat"

  • 14.07.2026 14:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yildagi jahon chempionatidagi ishtirok haqida fikr bildirib, ushbu musobaqani o‘z hayotidagi «eng katta sayohat» deb atadi. U bunga, hatto Angliyaga qarshi chorak finaldagi og‘ir mag‘lubiyatga qaramay, shunday baho berdi.

 

«Bu hayotimdagi eng zavqli haftalar va eng hayajonli sayohat bo‘ldi. Hammasi shunchalik nereal ediki, hali hammasini to‘liq anglab yetish qiyin. Biroz bo‘shab qolgandek his qilasan. Oxirgi 40 kunni tezda ko‘z oldingdan o‘tkazsang, bu mutlaqo aql bovar qilmas davr bo‘ldi.

Hammasi ajoyib o‘tdi. Maydondagi o‘yinlar — alohida gap. Braziliya ustidan qo‘zonilgan g‘alaba — umuman boshqa narsa. Lekin, menimcha, eng ko‘p ta’sir qilgan jihat shuki, biz Norvegiyaning nomini butun dunyoga yangratdik. O‘ylaymanki, bu Norvegiyani ham, meni ham o‘zgartirdi. Bunday narsani anglab yetish oson emas… Oxirgi olti hafta xuddi bir tomosha yoki attraksionda yurgandek o‘tdi — chunki juda ko‘p voqealar, juda ko‘p taassurotlar, juda ko‘p his-tuyg‘ular bo‘ldi!

Bu avlod futbolchilari haqiqatan ham ajoyib. Umid qilamanki, bizning yo‘limiz Norvegiyadagi yoshlar uchun ilhom beradi, ularga Norvegiya terma jamoasi libosida dunyodagi eng katta sahnada to‘p surish mumkinligini ko‘rsatadi», — deya Holandning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

 

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini chorak finalda to‘xtatdi. Jamoa Angliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!