Erling Xoland "Real" bilan muzokara boshladi
Vaziyat o‘zgara boshlandi
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Real» safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi Madrid klubi vakillari bilan muzokara olib bormoqda. Xolandning «Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha mo‘ljallangan. U angliyalik jamoaga dortmundlik «Borussiya» tarkibidan kelib qo‘shilgan edi.
Bundan avval «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblangandi. Shu bois klubga nisbatan jiddiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin. mmaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, jamoani unvonlardan mahrum etish, ochkolarini kamaytirish yoki quyi divizionga tushirish kabi variantlar ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar (0)