Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Erondan xushxabar!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Yana bir legionerimiz safga qaytdi!

O‘zbekiston terma jamoasi va "Persepolis" vingeri Oston O‘runov jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytdi. Futbolchi ayni damda mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.

24 yoshli legionerimiz 21 yanvar kuni Eron chempionati doirasidagi "Zob-Ahan" jamoasiga qarshi o‘yinning 27-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi mart oyida JCh-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi va Eron bilan o‘ynaydi. Ushbu bellashuvlar oldidan O‘runovning safga qaytgani muxlislarimiz uchun xushxabar bo‘ldi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q