Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Etti klub "Barsa" oʻyinchisini kutyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bir qarorga kelsa bo‘ldi, uni olib ketishadi

«Barselona» markaziy himoyachisi Erik Garsiya qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchiga Angliya premyer-ligasining uch klubi – «Tottenxem», «Aston Villa» va «Nyukasl»dan jiddiy qiziqish bor. Shuningdek, Garsiya nomzodi PSJ, «Roma», «Inter» va «Komo» skautlari diqqat markazida turibdi.

«Barselona» rahbariyati 25 yoshli himoyachini sotish tarafdori emas. Biroq taklif 50–55 million yevro atrofida bo‘lsa, kataloniyaliklar muzokara stoliga o‘tirishga tayyor ekani aytilmoqda.

Yangi mavsumda Garsiya Ispaniya chempionatida uchta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q