
Evro. Bugun ilk chorak finalchilar aniqlanadi
Bugun Evroda nimchorak final uchrashuvlari start oladi. Dastlab, Shveytsariya Italiyaga qarshi maydonga tushsa, mezbon Germaniya Daniya bilan kurash olib boradi.
Ushbu o‘yinlar g‘oliblari chorak finalga chiqadi. Asosiy vaqtlarda tomonlar durangga imzo cheksa, dastlab, qo‘shimcha taymlar undan keyin esa penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Shveytsari - Italiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start olsa, Germaniya - Daniya bahsi 00:00da boshlanadi.
Fikrlar