
Evroni barbod qilgan Mbappe: Men ketaman!
Dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan hisoblangan Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasini Evropa chempioniga aylantira olmadi.
25 yoshli hujumchining Germaniya maydonlaridagi o‘yini ko‘p tanqidlarga sabab bo‘ldi. Yarim finalda frantsiyaliklar Ispaniya terma jamoasi tomonidan tor-mor etildi – 1:2.
Musobaqani tark etgan Kilian Mbappe o‘z fikrlarini bildirdi.
- Ispaniyaliklar uchrashuvni bizdan ko‘ra yaxshi o‘tkazishdi. Bu uchrashuvni qayta tomosha qilib chiqig kerak. Biz ikkita golni juda tez o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda mag‘lubiyatdan qutilib qolish uchun vaziyatlar bo‘ldi, lekin buni uddalay olmadie.
Musobaqa boy berildi. Men Evropa chempioni bo‘lmoqchi edim, o‘xshamadi. Oldingi intilishimiz kerak. Mavsum juda uzoq davom etdi, men ta’tilga ketyapman, dam olishim kerak va bu menga katta yordam beradi.
Uyga ketyapman, menga ta’tilg kerak. Shundan so‘ng yangi hayotga qadam qo‘yaman, - dedi Kilian Mbappe.
Fikrlar