Evropa klubi Benzemani olmoqchi
Hujumchi jiddiy qiziqish uyg‘otgan
Frantsiya terma jamoasi va «Real»ning sobiq forvardi Karim Benzema yana Yevropa maydonlariga qaytishi mumkin. Oxirgi mavsumda 38 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi sharafini himoya qildi. Hozirda u erkin agent sifatida klubsiz qolgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ilyos Kadduri tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, tajribali hujumchiga Leverkuzenning «Bayer» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi va Benzema vakillari o‘rtasida aloqa o‘rnatilgani aytilmoqda. Forvardning o‘zi esa ehtimoliy transfer masalasini Lukas Vaskes va Mussa Diabi bilan muhokama qilgan.
O‘tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida Benzema «Al-Hilol» tarkibida o‘nta o‘yinda maydonga tushdi. U shu vaqt ichida to‘qqizta gol urdi va ikki marta hamjamoalarini golli pas bilan ta’minladi.

Izohlar (0)