Yevropaga ketadigan vunderkindlar endi terma jamoada o‘ynamaydi

  • 08.02.2026 13:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) mamlakat terma jamoalarga futbolchilarni chaqirish qoidalarini o‘zgartiradigan qaror qabul qildi. Endi 18 yoshga to‘lmasdan mamlakatni tark etib, xorijiy klublar bilan shartnoma imzolagan futbolchilar Argentina terma jamoasiga hech qaysi darajada chaqirilmaydi.

Bu chora-tadbirlar mahalliy klublarni yosh iqtidorlarni Yevropa jamoalari tomonidan arziman summa evaziga olib ketilishidan himoya qilishga qaratilgan.

Bu haqida The Athletic xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, AFA patria potestad (ota-onalik huquqi) deb ataluvchi yuridik bo‘shliqni yopishga intilmoqda. Argentina qonunchiligiga muvofiq, voyaga yetmagunga qadar bolaning qaerda yashashi va faoliyat yuritishi haqida qarorni ota-onalar qabul qiladi. Bu esa oilalarga iqtidorli o‘smirlarni Yevropaga olib ketib, u yerda professional shartnoma imzolash imkonini beradi, natijada Argentina klublari tayyorlov uchun faqat ramziy kompensatsiya bilan cheklanib qoladi.

Agar mazkur qoida avvalroq joriy etilganda, ehtimol dunyo Lionel Messini Argentina terma jamoasi safida hech qachon ko‘rmas edi. Terma jamoa sardori 13 yoshida “Nyuwells Old Boyz”ni tark etib, huddi shu sxema asosida “Barselona” bilan shartnoma imzolagan edi.

Endi esa federatsiya yosh futbolchilar oldiga aniq tanlov qo‘yapti: Argentinda ilk professional shartnomani imzolash yoki xalqaro maydonda mamlakat sharafini himoya qilish imkoniyatidan voz kechish.

Yaqinda “River Pleyt” yoshlar jamoasining 16 yoshli sardori Lukas Skarlato Italiya ning “Parma” klubiga o‘tgan AFA uchun sabr kosasini to‘ldirgan so‘nggi holat bo‘ldi. Endi bunaqa transferlar agentlar va oilalar qaroriga ko‘ra, Yevropaga erta olib ketilgan futbolchilar uchun xalqaro miqyosda faoliyat olib borish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!