Eze "Arsenal"da norozi!
Murabbiy unga ishonmayapti
Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Eberechi Eze klubdagi hozirgi mavqeidan mamnun emas. Bu haqida Teamtalk manbasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga koʻra, «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta Ezega markaziy hujumkor yarim himoyachi – «oʻninchi raqam» pozitsiyasida toʻliq ishonch bildirmayapti. Shuningdek, mutaxassis uning chap qanot hujumchisi sifatidagi oʻyiniga ham shubha bilan qaramoqda. Shu bois Eze London klubida zahira oʻyinchisi sifatida qolib ketayotganidan norozi.
28 yoshli angliyalik futbolchi oʻtgan yil yozida «Arsenal» safiga qoʻshilgan edi. Eberechining klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil iyuni oxirigacha amal qiladi. Manbalarga koʻra, uning transfer qiymati 60 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy mavsumda Angliya premer-ligasida Eze beshta uchrashuvda maydonga tushdi.

Izohlar (0)