Fabio Kannavaro qur’adan oldin nimalar dedi?

  • 05.12.2025 09:31
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bugun bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimidan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.

"Albatta, qur’adan oldin barchamiz hayajondamiz. Jahon chempionatida raqib bo‘ladigan jamoalarni kutyapmiz. Hozircha bizning guruhga qaysi jamoa tushishini bilmaymiz. Umid qilamanki, qur’a natijalari biz va butun o‘zbekistonlik muxlislar uchun ma’qul bo‘ladi", — dedi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!