Fabregas: "APLga qaytish rejalarimda bor"
Italiyaning "Komo" klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas kelajakda Angliya chempionatiga qaytishni istisno qilmasligini aytdi.
"APL — dunyodagi eng yaxshi liga. Men bu haqida har doim ochiq gapirganman. Bundan futbolchi sifatida ham, murabbiy va muxlis sifatida ham shunday his qilaman.
Joze Mourinyo bir paytlar menga "Chelsi"da ekanimda: “Menda yana 30 yil ishlash imkoniyati bor”, degan edi. Demak, men bu yerda ("Komo"da) 10 yil ishlab, keyin baribir APLga borishim mumkin. Futbol juda oldindan aytib bo‘lmaydi — hammasi bir soniyada o‘zgarishi mumkin. Bugun sen eng yaxshisan, ertaga esa aksincha bo‘lishing mumkin. Keling, hozirgi ondan zavq olaylik va kelajakni kutib turamiz", — dedi mutaxassis.
Fabregas shuningdek, o‘z uslubiga ham to‘xtalib o‘tdi: "Men qanday his qilsam, shunday ishlayman. Men futbolni yaxshi ko‘raman. Faqat natija uchun murabbiylik qilish — men uchun emas. Mening o‘z qarashlarim bor".
35 turdan keyin "Komo" Italiya chempionati jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 62 ochko mavjud, "Yuventus" esa undan 3 ochkoga oldinda bormoqda.

Fikrlar