Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fabritsio Romano: Hammasi tayyor

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

Rasmiy xabar yaqin vaqtlar ichida e’lon qilinishi mumkin

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov "Manchester Siti" klubi a’zosiga aylanib ulgurganidan deyarli barcha futbol muxlislarimiz xabardor bo‘lsa kerak. 

Futbolchimiz "shaharliklar" safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va o‘ziga raqam ham tanlagan, ammo "shaharliklar" matbuot xizmati hali mazkur transferni e’lon qilganicha yo‘q. 

Taniqli insayder Fabritsio Romano biroz avval "X" sahifasida quyidagi xabarni yozib qoldirdi: 

"Abduqodir Husanov tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng "Siti"ning yangi futbolchisi sifatida e’lon qilinishi uchun barchasi tayyor. Hujjatlar imzolandi". 

Demak, rasmiy xabar yaqin vaqtlar ichida e’lon qilinadi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q