Fabrizio Romano: Virts "Chelsi"ga o'tmaydi

  • 05.06.2026 15:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Liverpul" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Florian Virts faoliyatini "Chelsi"da davom ettirmaydi. Bu haqida taniqli insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.

Manbaga ko‘ra, London klubi rahbariyati germaniyalik futbolchini transfer qilish variantini ko‘rib chiqmayapti. Shu sababli Virts "Liverpul" safida qoladi. Futbolchi klubda katta ishonchga ega ekani ta'kidlangan.

O‘tgan mavsum Angliya Premier-ligasida 23 yoshli futbolchi mersisaydliklar safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Ushbu bahslarda Virts 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 100 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!