Fati bu borada birinchi bo‘ldi!

  • 9 fevral, 2024, 15:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Brayton" hujumchisi Ansu Fati ayni damda Angliya Premer-ligasi 21 yoshgacha futbolchilar orasida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lib turibdi. Bu haqda "Diario Sport" o‘z sahifalarida xabar berdi.

Ispaniyalik vinger joriy mavsumni "Brayton"da ijara asosida o‘tkazmoqda. Fatining transfer huquqi "Barselona"ga tegishli. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi “chaykalar” safida 15 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

23-turdan so‘ng "Brayton" 35 ochko bilan Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!