Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fayzullaev Evropaga ketmoqchi!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Fayzullaev Evropa klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning TsSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullaev Evropa klublaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Albatta, Evropada o‘ynashni xohlayman. Faqat vaqti kelganda. Albatta, Xusanovning transferi biz uchun ham turtki bo‘ladi. Bu nafaqat menda, balki boshqarda ham ushbu tuyg‘uni uyg‘otadi", - deydi Fayzullaev.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli futbolchi 2023 yilning yozida "armiyachilar" futbolchisiga aylangandi. Rossiya Premer-ligasining joriy bahslarida Fayzullaev 16 o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 8 million evro.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q