
Fayzullaev gol urgan bahsda TsSKA finalga yo‘l oldi
Rossiya kubogi yarim finalidan o‘rin olgan TsSKA - "Baltika" o‘rtasidagi javob bahsi bo‘lib o‘tdi va unda "armiyachilar" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Chalov hisobni ochgan bo‘lsa, Fayzullaev ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Birinchi o‘yinda 1:0 hisobida Fedotov shogirdlari g‘alaba qozongan edi.
Shu tariqa, moskvaliklar umumiy hisobda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi. TsSKA finalda 29 may kuni "Spartak" - "Zenit" juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar