Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fayzullaev jamoadoshlarini osh bilan siylayapti!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Fayzullaev mehmondo‘st bola!

TsSKA hujumchisi Fyodor Chalov Abbosbek Fayzullaevning jamoadoshlarini palov bilan mehmon qilgani haqida aytib berdi.

"Abbos ajoyib yigit. U bilan til topishish juda oson. U bizni ikki marta palov bilan davoladi. Ajoyib! Biz uning dietasiga o‘tishimiz kerak. U shu ruhda davom etishi kerak", - deya Chalovning so‘zlarini keltiradi "Sport24".

Joriy mavsumda 20 yoshli Fayzullaev "armiyachilar" safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, RPLning 17-turidan so‘ng TsSKA 28 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q