Fayzullaev yana bir sovringa da’vogar!

  • 26 dekabr, 2024, 10:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA klubi joriy mavsumning birinchi qismidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil qildi.

G‘oliblik uchun o‘n nafar “armiyachi” nomzodi ko‘rsatilgan. Ular orasida jamoa hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev ham bor. Umumiy ro‘yxatga legionerimizdan tashqari darvozabonlar – Igor Akinfeev,  Vladislav Torop, himoyachilar Igor Diveev, Danil Krugovoy, Moyzes, Kellven, Villian Rosha, yarim himoyachi Ivan Oblyakov va hujumchiTamerlan Musaev kiritilgan.

- So‘rovnomada iyuldan dekabrgacha bo‘lgan muddatda oyning eng yaxshi o‘yinchisi sovrini uchun kamida ikki bor da’vogarlik qilgan o‘n nafar futbolchi nomzod sifatida ishtirok etadi.

Uch bosqichda o‘tkaziladigan so‘rovnomada eng ko‘p oqoz to‘plagan futbolchi TsSKAning mavsum birinchi yarmidagi eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etiladi.

So‘rovnoma natijasi Yangi yil bayrami arafasida – 31 dekabr kuni e’lon qilinadi, - deyiladi TsSKA matbuot xizmati bayonotida.

Abbosbek Fayzullaev mavsum boshidan beri Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi musobaqalarida 23 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Fayzullaev 2024 yildagi ko‘rsatkichlariga asosan Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi va O‘zbekistonda yil futbolchisi sovrinlari bilan taqdirlandi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!