
Fayzullaevning jamoadoshi hamyurtimizning tez orada TsSKAdan ketishiga ishonmoqda
TsSKA hujumchisi Tamerlan Musaev klubdagi sherigi, yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaev haqida gapirdi. Armiyachilar hujumchisining so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek xavbeki kelajakda Evropada o‘ynashga loyiq.
- Men kelganimda, Fayzullaev terma jamoada edi. Birinchi mashg‘ulotda u ajoyib harakatlari bilan meni hayratda qoldirdi. Uning Evropaga ketishiga 100 foiz ishonaman, - dedi Musaev.
Ma’lumot uchun, Musaev 2024 yil qishki transferlar oynasida Moskva klubiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar