Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Fayzullaevning jamoadoshi Messidan o‘zib ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Tarixiy natija

Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA klubi darvozaboni Igor Akinfeev bir jamoada ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha o‘z rekordini o‘rnatdi.

Rossiya Premer-ligasining 12-turida “armiyachilar” Maxachqal’ada “Dinamo”ni kichik hisobda engib qaytdi. Bu uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Igor Akinfeev TsSKA tarkibida 779-o‘yinini o‘tkazdi.

38 yoshli darvozabon bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Inter Mayami” yulduzi Lionel Messidan o‘zib ketdi. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi “Barselona”da o‘ynagan davrda kataloniyaliklar uchun 778 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.

Bir jamoada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha jahon rekordi uelslik Rayan Giggzga tegishli. U “Manchester Yunayted”ning yulduzli davrida jamoa uchun 963 marotaba maydonga tushgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q