Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Felish qahramon, Ronalduning goli bekor qilindi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Portugalya bir ammaladi

Millatlar ligasi A ligasi birinchi turi doirasida Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Uels jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv taqdiri yagona gol bilan hal bo‘ldi. 22-daqiqada Nunu Mendes yo‘llagan aniq uzatmadan so‘ng Joau Felish raqib darvozasini ishg‘ol etib, mezbonlarga g‘alaba olib keldi.

59-daqiqada Krishtianu Ronaldu ham gol urgandi, ammo videotakror ko‘rib chiqilgandan so‘ng o‘yindan tashqari holat sababli ushbu gol hisobga olinmadi.

Shu tariqa, Portugaliya musobaqadagi ilk uch ochkoni qo‘lga kiritdi, Uels esa ochkosiz qoldi.

Portugaliya - Uels — 1:0 (1:0). Gol: Felish, 22 — 1:0.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q