Felishni Braziliyada kutishyapti

  • 05.05.2025 18:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Joau Felish yozda  Braziliyaning "Flamengo" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" nashri ma’lum qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliya klubi yarim himoyachini KO‘JChga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Musobaqa 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda o‘tkaziladi.

Braziliya klubi rahbariyati turnirda muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilmoqda va birinchi o‘yinga qadar jamoani kuchaytirish niyatida. "Chelsi"ga tegishli portugaliyalik futbolchi klubning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Uning fevral oyidan beri 16 ta o‘yinda ishtirok etgan "Milan"dagi ijarasi yakunlanmoqda. Milan klubi kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmayapti.

Portugaliyalik futbolchining London klubi bilan yana 6 yillik shartnomasi mavjud. Hozircha uning Braziliyaga ijaraga berilishi eng ehtimoliy variant bo‘lib turibdi. Agar shunday bo‘lsa, Felish 20 iyun kuni "Flamengo"ning KO‘JCh doirasida o‘tadigan ikkinchi o‘yinida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!