
Felishning fikri o‘zgarmagan
Joau Feliks "Barselona"ga o‘tish niyatida.
Avvalroq, "Atletiko" hujumchisi Kataloniya klubiga o‘tish istagida ekanligi haqida gapirgandi.
Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, futbolchining niyatida o‘zgarmagan. 1 sentyabrga qadar "Barsa"ni kutishga rozi. Avvalroq, "ko‘k-anorranglilar" uni sotib olish bandisiz bir mavsum ijaraga olmoqchi ekanligi haqida xabarlar chiqqandi.
Qayd etish lozim, kecha "Atletiko" safarda "Rayo Valekano"ni 7:0 hisobida taslim etdi. Mazkur bellashuvda portugal zaxirada qoldirildi.
Fikrlar