Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Fenerbaxche» Mbappega ko‘z tikmoqda

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Fenerbaxche» 19 yoshli Etan Mbappeni «Lill»dan erkin agent sifatida olib kelishni rejalashtirmoqda.

Turkiyaning mashhur klubi «Fenerbahçe» yozgi transfer bozori uchun yangi nomzodni ko‘zlamoqda. Istanbul jamoasi Fransiyaning «Lill» klubi vingeri Etan Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Etan — «Real» hujumchisi Kilian Mbappening ukasi hisoblanadi.

Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, «Fenerbahçe» futbolchini erkin agent sifatida, ya’ni tekinga olib kelishni rejalashtirmoqda. Etan Mbappening «Lill» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozga qadar amal qiladi.

Ma’lum qilinishicha, «Fenerbahçe» transfer siyosatida asosiy e’tiborni yosh futbolchilarga qaratgan. Chunki Turkiya chempionati qoidalariga muvofiq, 23 yoshga to‘lmagan futbolchilar legionerlar limitiga kiritilmaydi. Etan Mbappega hozir 19 yoshda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q