“Fergana Grand Prix” turniri g‘olibi ma’lum
Fargʻonada veloshosse boʻyicha “Fergana Grand Prix” turniri yakunlandi. Musobaqaning bugungi bellashuvlari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
Erkaklar oʻrtasida kechgan 2-bosqich poygasida hamyurtimiz Nikita Svetkov marra chizigʻini birinchi boʻlib kesib oʻtdi. Sportchimiz 141 kmlik masofani 3:25:41 soatda bosib oʻtdi.
Shuningdek, bosqich yakunida eng yuqori natija qayd etgan Svetkov musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin ispaniyalik Xuan Lozanoga nasib etgan boʻlsa, belaruslik Roman Tishkov kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar