Fermin Lopes: «Rafinya yuqori darajada o‘ynayapti»
«Barselona» futbolchisi Rafinya yangi mavqeida 8 ta o‘yinda 14 ta gol urib, 3 ta golli uzatma berdi.
«Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoadoshi, braziliyalik Rafinya Diasning markaziy hujumchi sifatidagi o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Rafinyaning yangi pozitsiyaga moslashuvi haqiqatan ham hayratlanarli bo‘ldi. Hech kim uni bu qadar tez moslashadi, deb o‘ylamagandi, chunki u avval bu pozitsiyada umuman o‘ynamagan. Bizdan ikki hujumchi ketdi, ehtimol shu bois Rafa bu qadar ko‘p gol uryapti. Lekin bu gollar butun jamoaning mehnati samarasi. Shunga qaramay, Rafinya hozir juda yuqori darajada o‘ynayapti», — deya Ferminning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalar hisobga olinganda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.

Izohlar (0)