Fernandesh Kunyaning jamoaga moslashishini izohladi
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh jamoaning yangi futbolchisi Mateus Kunya haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hammamiz bilamiz, braziliyaliklarning aksariyati shovqin-suron va shodmon bolalar. Mateus ham ana shunday – u juda kulgili. Jamoa bilan darrov til topishdi. Endi biz uchun uning formaga kirishi muhim. Jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro tushunishni shakllantirishimiz lozim, shundagina tarkib to‘liq salohiyatini namoyon eta oladi" – dedi "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida dubl muallifi Brunu Fernandesh.
Ma’lumot uchun, "Manchester Yunayted" Mateus Kunya uchun taxminan 74 million evro to‘lagan. Braziliyalik hujumchi joriy yozda "Vulverxempton"dan "qizil iblislar" safini to‘ldirgan edi. U "Vest Xem"ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berdi.
Fikrlar