Fernandesh: "Ronaldu xato qilganini biladi"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 5-turida Portugaliya terma jamoasi Irlandiyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvda hujumchi Krishtianu Ronalduning chetlatilgani haqida gapirdi.
"Qizil kartochka olish - futbolning bir qismi. Krish shunday reaktsiya bildirdiki, bu ishida jazolanishiga to‘g‘ri keldi. U bunday qilishni istamadi. Ammo oxir-oqibat shunday bo‘ldi. U xato qilganini biladi. Ertaga u bizga yordam bera olmaydi, ammo bu chetlatishdan oldin ham yutqazganimizni bekor qilmaydi. Albatta, chetlatilish vaziyatni murakkablashtirdi, chunki bizda atigi 10 kishi qoldi va istalgan vaqtda gol ura oladigan futbolchi yo‘q edi", - deya Fernandeshning so‘zlarini keltiradi Record.
Portugaliya terma jamoasi saralash guruhida 5 o‘yindan keyin 10 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar