Ferran Torres "Barsa" yulduzini PSJga olib o'tadi
Kataloniyada nima qilasan?
O‘tgan yozda parijliklar safiga qo‘shilgan vinger Ferran Torres endi sobiq jamoadoshini ham PSJga chorlmoqda.
Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona»ning sobiq futbolchisi Ferran Torres yaqin do‘sti Pedrini o‘z yo‘lidan borib, PSJga o‘tishga ko‘ndirishga urinayapti. Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.
Torres shu yil yozida «Barselona»dan PSJga ko‘chib o‘tgan edi. Insayderlar ta’kidlashicha, u hozir Pedriga ham shunday qadam tashlashni faol ravishda tavsiya qilmoqda. Futbolchilar maydondan tashqarida ham juda yaqin do‘st ekani alohida qayd etilgan.
23 yoshli Pedri 2020 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. U «Las-Palmas»dan kataloniyaliklar safiga qo‘shilgan. Jamoa tarkibida yarim himoyachi Ispaniya chempionatida uch bor g‘olib chiqqan.

Izohlar (0)