FIDE rasmаn Oʻzbekistonni tаnlаdi

  • 26.09.2026 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi «Eng yaxshi federatsiya» («Best Federation») nominatsiyasida g‘olib deb topilib, FIDE Excellence Awards 2026 birinchi mukofotining sohibi bo‘ldi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Mukofot federatsiyaning mamlakatda shaxmatni rivojlantirish, sportchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish, yoshlar orasida shaxmatni ommalashtirish va O‘zbekistonning jahon shaxmat sahnasidagi nufuzini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun berilgan.

Tantanali taqdirlash marosimi Samarqand shahrida o‘tayotgan 46-Jahon shaxmat Olimpiadasi doirasida tashkil etildi. Umumiy hisobda to‘qqiz nafar laureat taqdirlandi. 

«Eng yaxshi shaxmatchi» va «Eng yaxshi shaxmatchi ayol» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar esa Olimpiadaning yopilish marosimida e’lon qilinadi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bugungi mukofotgacha «Eng yaxshi federatsiya» nominatsiyasidagi o‘nta da’vog‘ar qatoriga kirgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!