FIFA jahon chempionatida eng ko‘p nafratga uchragan terma jamoa nomini e’lon qildi
Hech bir narsa e'tibordan chetda qolmaydi
FIFAning maxsus hisobotiga ko‘ra, yozgi jahon chempionati davomida eng ko‘p haqorat va ayblovlarga duch kelgan terma jamoa Argentina bo‘lgan. Bu raqamlar musobaqani kuzatgan deyarli barcha muxlislar sezgan vaziyatni rasmiy tasdiqlaydi.
Bunday munosabatga bir nechta omillar sabab bo‘lgani qayd etilmoqda. Jumladan, ko‘plab muxlislar va mutaxassislar hakamlar Lionel Messiga nisbatan yumshoqroq qarorlar chiqargani haqida bahs yuritishdi. Shuningdek, argentinalik futbolchilarning Ispaniyaga qarshi finalda mag‘lubiyatdan so‘nggi harakatlari va maydondan tashqaridagi xulq-atvori ham katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, Angliyaga qarshi yarim finaldan keyin Malvin (Angliyada Folklend deb ataladigan) orollari mavzusidagi siyosiy bayonot ham jamoaga nisbatan tanqid va salbiy munosabatni yanada kuchaytirgani aytilmoqda.
Hisobot doirasida sun’iy intellekt turli onlayn platformalardagi o‘n yetti milliondan ortiq xabar va izohlarni tahlil qilgan. Tadqiqot natijasiga ko‘ra, haqorat va kamsitishga yo‘yilgan eng ko‘p xabarlar aynan Argentina terma jamoasi futbolchilariga qaratilgani aniqlandi, deya xabar beradi derbyderbyderby.it sayti.

Izohlar (0)